19.12.2010
Nafrat
30, Узбекистан

Yolg'izman, lek qalbim quvonchga to'la,

Sensizman, omadim hamon o'zimda,

Tanxoman, mahzunlik yo'qdir ko'zimda,

Aytdimmi unutdim, turdim so'zimda.


Boqmayman, ko'zlaring begona menga,

Wowmasdan nafratim sochaman senga,

Yolg'oning sevgimga sochganing uchun,

Azobsiz o'tkazgan kuning bo'lmaydi!


Azoblar erta kech qalbing tirnaydi,

Ko'zlaring yoshlanib hatto ko'rmaydi,

Yuraging og'rig'idan qo'ling titraydi,

Ammo sababini hech kim bilmaydi.


Lablaring ismimni yod takrorlaydi,

Shamxira ko'zlaring meni chorlaydi,

Topolmay, azobdan chiday olmaydi,

Ammo sababini hech kim bilmaydi.


Yolvorib so'raysan, kechir meni deb,

Azobda yonyapman, qutqar meni deb,

Yoningda bo'lganlar hech tushunmaydi,

Chunki sababini hech kim bilmaydi....

6 просмотров
 
Комментарии

Комментариев пока нет.
Будь первым - напиши свой комментарий.

Дневники
Дневники обновляются каждые 5 минут