O R Z U... Sog'inch sohili shunchalik tez oqadiki, diydor deb atalmish narigi sohilga o'tolmayman...
34, Asaka, Uzbekistan

Quyoshda boy chechak ko'rgim kelyabdi,
Bulutda tik oyoq turgim kelyabdi.
Telba konglim telba istak qiladi,
Suv ustiga kulba qurgim kelyabdi.

O'ynashgim kelyabdi kapalak bilan,
Belangim kelyabdi kamalak bilan.
Yuziga yuz qo'yib hol so'rgim kelar,
Bolaligim sochi jamalak bilan.

Arslonni qo'ynida uhlagim kelar,
Olovni qo'limda ushlagim kelar.
ko'nglim arqonini uzun tashlasam,
Kiyikning shoxidan tilagim kelar.

Bu hil orzulardan uyqim kelyabdi,
Hayotda ertakni ko'rgim kelyabdi.
ilksiz orzuni boridan yo'g'i,
Suvga non oqizib egim kelyabdi...


Rislig'oy Hatamova

3 skatījumu
 
komentāri

Pašlaik nav neviena komentāra
Atstāj komentāru, un uzsāc diskusiju!

Blogs
Blogi tiek atjaunināti katras 5 minūtes